Markaziy bank boshqaruvi tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.

122

Bugun, 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining 2019 yil 9 dekabrdagi taqdimnomasiga binoan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Markaziy Bank boshqaruv tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishni tasdqiladi.

Jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining tarkibidan chiqarildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universiteti amaliy matematika bo‘yicha magistratura kursi rahbari Ziyodullo Parpiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining mustaqil a’zolari etib tasdiqlandi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting