Qozog‘iston yo‘llarida yomon ob-havo tufayli 39 kishi vafot etdi.

105

Qozog‘istonda 16−22 dekabr kunlari yo‘llarda ob-havo yomon bo‘lgani sababli 104ta baxtsiz hodisa ro‘y berdi, unda 39 kishi halok bo‘ldi, 158 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Ob-havo sharoiti yo‘llardagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi: haroratning nolga qadar keskin tushishi, yaxmalakning paydo bo‘lishi, keyin tuman, shuningdek, yomg‘ir va qor yog‘ishi natijasida ko‘rishning cheklanishi deyarli barcha yo‘llarda avariyalarning ko‘payishiga olib keldi.

Bundan tashqari, ko‘plab haydovchilar harakat taqiqlangan yo‘llarni nosoz avtoulovlar va yozgi shinalarda aylanib o‘tish maqsadida xavfli uchastkalardan yurishga harakat qilgan.

«Olma Ota viloyatida Olma Ota-Shinjar magistralida MAN yuk mashinasi haydovchisi yaxalak sharoitida bo‘luvchi to‘siqni urib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va qariyb butun yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Natijada, avtohalokat sodir bo‘lgan joyda tirbandlik yuzaga keldi, yo‘lda 15 ga yaqin yuk mashinalari to‘planib, ular beshta transport vositasi ishtirokidagi yana ikkita avtohalokatga sabab bo‘ldi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi va ikkitasi jarohatlandi. Xuddi shunday holat Aqto‘be viloyatida ham sodir bo‘ldi, u yerda yaxmalak va ko‘rinishi cheklangan joyda 12 ta mashina ishtirokida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan», — dedi Yerlan Turgumbayev.

Hammasi bo‘lib, tirbandlikda 1000 dan ortiq mashina bo‘lgan. Qor mashinasida 120 mashina va 905 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting