Eski haydovchilik guvohnomasi qachongacha amal qiladi?

78

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqaramasi matbuot xizmatining xabar berishicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 116-sonli qaroriga ko‘ra, 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati belgilangan.

Mazkur davlat xizmati bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlarlari orqali ham murojaatchilarga tez va qulay xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Milliy haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Qarorga qo‘ra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi 7 ta tumanlarida ya’ni Mirzo-Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali ushbu davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting