«Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi.

129

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 25 dekabr kuni soat 12:40 larda Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Kobalt”, “Spark” hamda “Lacyetti” rusumli avtomashinalar haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka tushib ketgan.

Xabarda aytilishicha, hodisada hech kim tan jarohat olmagan. Voqea joyiga 11-nazorat guruhi qutqaruvchisi xizmatchi D.Sultonov va “Qamchiq” navbatchilik maskanidan kichik serjant Y.Maxmetov boshchiligida 5 nafar qutqaruvchilar “Kamaz” rusumli maxsus avtomashinada hamda “Sherobod” YPX xodimlari, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK maxsus texnikalari va xodimlari yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalarining haydovchi va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilib, avtomashinalar handakdan chiqarildi. Shundan so‘ng, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, soat 13:00 da yana bir yo‘l transport hodisasi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushadi. Unga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK ga qarashli “MAN” rusumli KDM (tuz-qum sepadigan mashina) yuk avtomashinasining ortidan kelib urgan .

Buning natijasida, “Neksiya” avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatini olishgan. Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting