MIB xodimining boshini yorgan fuqaro panjara ortiga jo‘natildi.

261

Majburiy ijro byurosi xodimlari tabiiy gazdan keragicha foydalanib, pulini to‘lashga kelganda tajovuzkor munosabatda bo‘layotgan fuqarolarga duch kelishayotgani yangilik bo‘lmay qoldi.

Shu yilning 29-aprel kuni shunday holat byuroning Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektori I.Umirzaqov bilan sodir bo‘ldi.

Byuro xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tumanning Saroy MFY Saroy ko‘chasida yashovchi S.Begmatov xonadonida bo‘lishadi. Xatlov o‘tkazish tartibini tushuntirish asnosida xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasi ko‘rsatgichlarini tegishli dalolatnomaga tushira boshlaydi.

Shunda xonadon egasi S.Begmatov mast holatda davlat inspektorlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilib, ularni uyidan haydashga tushadi. Qarasaki, inspektorlar «yaxshi gap»ga ko‘nmaydigan, aksincha, qandaydir huquq-majburiyatlar haqida «amri-ma’ruf» qiladimi-yey…

…S.Begmatov o‘ziga kelganda kech bo‘lgandi. Chunki, qilar ishni qilib qo‘ydi, bu yog‘iga g‘isht qolipdan ko‘chgan…

Xizmat vazifasini bajarayotgan davlat inspektoriga nisbatan sodir etgan tajovuzi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «delo» sudga oshirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudi S.Begmatovga nisbatan 10 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi.

1 izoh

  1. Многие сотрудники МИБ черезчур наглые и высокомерные.Они должны проходить курсы по этике и эстетике.Иначе таких случаев будут очень и очень много.Слава Аллаху,что еще не было летальных исходов.Руководителям надо над этим серъезно подумать

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting