267 mln nafar Facebook foydalanuvchilarining ma’lumoti xakerlar forumida e’lon qilindi.

35

Ma’lumotlar vetnamlik kiberjinoyatchilar tomonidan tarqatilgan deb taxmin qilinmoqda.

Kiberxavfsizlik sohasi mutaxassisi Bob Dyachenko Comparitech bilan hamkorlikda himoyalanmagan 267 million Facebook foydalanuvchilarning o‘zlari va telefon raqamlari bo‘lgan ma’lumotlar bazasini aniqlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, asosan, AQShda yashovchi foydalanuvchilar ro‘yxatdan joy olgan.

Internet tarmog‘ida bu holat 14 dekabr kuni aniqlangan. 4 dekabrgacha bo‘lgan ma’lumotlar 12 dekabr kuni xakerlar saytiga chiqarilgan.

«Facebook identifikatorlari, ismlari va telefon raqamlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi internet tarmog‘ida ochiq turibdi. Boshqacha aytganda, xohlagan odam ularni hech qanday parolsiz va ro‘yxatdan o‘tmay bemalol olishi mumkin», – deyiladi Comparitechning hisobotida.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting