13-avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilindi.

511

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n beshinchi kuni (13-avgust) natijalari ma’lum qilindi. Bu haqda DTM rasmiy kanalida xabar berilgan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

– Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 222,9 ball (175,9 ball test sinovlari natijasi, 47 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
– O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120113 – Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
– O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
– O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
– Qoraqalpoq davlat universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball.

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

– Navoiy davlat pedagogika institutining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 169,0 ball.

k) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

– O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 167,0 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting