Bosh vazir Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

217

Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti I.Jahongiriy bilan ham uchrashdi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting