Samarqandda 18 yoshli qiz o‘z opasini sevgilisidan qizg‘anib o‘ldirdi.

572

Samarqandda singil o‘z opasining qotili bo‘ldi. Uning sevgilisi va opasi o‘rtasidagi ishqiy munosabatdan xabardor bo‘lgani uchun ushbu jinoyatga qo‘l urgani aytilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

25.12.2019 yil soat 15:00 larda Ishtixon tuman Do‘stlik mahallasidan oqib o‘tuvchi “Saynoq” kanalidan A.Muxammadiyevaning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Aniqlanishicha, 23.12.2019 yil soat 21:30 larda Ishtixon tumani Do‘stlik mahallasida fuqaro B.Muxammadiyeva (2001 y.t., sudlanmagan, ishsiz) opasi A.Muxammadiyeva (1998 y.t., sudlanmagan, ishsiz) bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

So‘ng sevgiligi bilan opasi ham ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligini bilganligi sababli u bilan o‘zaro janjallashib, janjal davomida oshxona pichog‘i bilan opasi A.Muxammadiyevaning bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Jinoyatini yashirish maqsadida murdani “Saynoq” kanaliga oqizib yuborgan.

Ayni damda qotillikda gumon qilinuvchi ayol qo‘lga olingan va holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting