O‘zbekistonda notarial palatasi tashkil etildi.

206

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining ta’sis Konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Mazkur ta’sis Konferensiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan 177 nafar saylangan delegatlar ishtirok etdilar.

Mazkur Konferensiya qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etildi hamda Notarial palataning Ustavi tasdiqlandi.

Shu bilan birgalikda, Ushbu konferensiyada Notarial palataga kirish va a’zolik badali miqdorini tasdiqlash, notariuslarning kasb etika qoidalarini tasdiqlash, Notarial palataning Boshqaruvi a’zolarini, Taftish komissiyasi hamda Notarial palata raisini saylash masalari ham kun tartibiga qo‘yildi.

 

Shunga ko‘ra, delegatlar tomonidan bir ovoz bilan 14 nafardan iborat bo‘lgan Boshqaruv a’zolari va Taftish komissiyasi saylandi. Shuningdek, palata raisi lavozimiga shu kunga qadar Samarqand shahar 8-son davlat notarial idorasida notarius lavozimida ishlab kelgan Ashurov Dilshod Rustamovich rais etib saylandi.

 

 

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting