Fevralning “chiroyli” sanalarida nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan juftliklar soni ortib bormoqda!

31

Rossiya poytaxti Moskvadagi FHDYo bo‘limlariga fevralning “chiroyli” sanalarida nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan juftliklar soni 1 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Moskva shahar hokimi o‘rinbosari Anastasiya Rakova RIA Novostiga xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 02.02.2020, 20.02.2020, 22.02.2020 sanalari uchun arizalar soni juda ko‘p.

Rakovaning so‘zlariga qaraganda, arizalar soni ko‘pligi uchun yana qo‘shimcha 3 ta FHDYo bo‘limi va nikoh zallari tashkil etiladi.

20 fevral kuniga ariza topshirganlar soni 700 dan oshib ketdi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting