«Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi» – Prezident tadbirkorlar mulki daxlsizligini eslatdi.

104

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Yig‘ilishda davlat rahbari tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi.

– Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqadi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting