Uch fuqaro 17 kishiga kasallik yuqtirgan – SSV

21

Bugun kasalligi tasdiqlangan 28 nafar kishining 20 nafari aholi orasidan aniqlandi. Koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro Toshkent shahri (12 nafar), Navoiy viloyati (5 nafar) va Samarqand viloyati (3 nafar) da jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Shu kunlarda yurtimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani tufayli berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, ba’zi hududlarda aholi zaruratsiz ko‘chalarda yurishayotgani, karantin qoidalariga amal qilishmayotgani kabi holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa infeksiya yuqtirish xavfini yanada kuchaytirmoqda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting