Sirtqi ta’lim uchun to‘lov-kontrakt summasi kamaytiriladimi?

332

14-iyun kuni «Mening fikrim» veb-portalida «Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida»gi petitsiya 10 mingta ovoz to‘plagan edi, deb yozmoqda bloger Xushnud Xudoyberdiyev.

Uning bildirishicha, ushbu petitsiya yetarli ovoz to‘plaganiga 60 kundan oshdi. Qoidaga binoan, murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e’tiboran 60 kundan oshmasligi kerak.

«Hozircha bu bo‘yicha biror qaror qabul qilindimi yoki yo‘q, ma’lum emas. Sirtqining (aslida kechkini ham qo‘shish kerak edi) kontraktlari arzonlashadimi yoki yo‘q, bu ham hozircha aniq emas. Kutamiz, qani nima bo‘larkin…», deya qayd etgan petitsiya muallifi.

Muallifning eslatishicha, propiska haqida petitsiyasi ham avvalroq hech bir asossiz rad qilingan. «O‘shgandan buyon bu portalga allaqachon hafsalam pir bo‘lgan», deb yozadi u.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting