Ilmiy jihatdan chekishni tashlash mumkinmi?

122

Bugun Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni nishonlanadi. Tamaki mahsulotlariga tobeʼlik asosiy xalqaro kasalliklar tasnifida alohida kasallik sifatida qayd etiladi. JSSTga koʼra, sigareta va tamaki mahsulotlari farmokologik faol komponentlar hisobiga tobelikni yuzaga keltiradi. Ularning eng asosiysi, albatta, nikotin. Chekish vaqtida nikotinning muayyan qismi insonning nafas olish yoʼllariga tushadi, shundan soʼng qon bilan birga yurak va miya sohalariga qarab harakatlanadi.

Psixologik va xatti-harakatlardagi salbiy oʼzgarishlar odatga koʼra, narkologiya tomonidan koʼrib chiqiladi. Bundan tashqari, bu pulmonologiyaning vazifasi hamdir, zero oʼpka faoliyatiga ham ziyon yetadi.

Bir necha yil muntazam ravishda sigaret chekish «tamakiga tobelik»ni keltirib chiqaradi. Buning natijasida yoʼtal, ogʼiz qurishi, bosh aylanishi, charchoq, ozish, uyqusizlik kabilarni keltirib chiqaradi.

«Ilmiy jihatdan» chekishni tashlash uchun dastlab kashandaning nikotinga tobelikning qaysi bosqichida ekanligini bilish, shundan keyingina u bilan kurashish usullariga doir qaror qabul qilish zarur. Diagnostika bugungi kunda nikotinga tobelik darajasi, havodagi uglerod oksidi, bronxlar va qon tomirlarining oʼtkazuvchanligini aniqlashga qodir.

Buning uchun diagnostikada bir qator zamonaviy texnik uskunalar va oddiy tahlillar mavjud. Masalan, peshob tahlili orqali nikotin metabolitlari kontsentratsiyasi darajasini oʼlchash mumkin.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting