Test natijalari bo‘yicha appelyasiya berish tartibini bilasizmi?

343
Test natijalari bo‘yicha appelyasiya berish tartibini bilasizmi?

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega, deb yozmoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Shundan so‘ng abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyat apellyasiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyasiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko‘chirma beriladi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting