Kasb-hunar kollejiga oʼqishga kiritishni va’da qilgan direktor oʼrinbosari ushlandi.

241

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʼlimi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Аgrosanoat kasb-hunar kolleji direktori oʼrinbosari I.M. ushbu kollejga oʼqishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga oʼqishni koʼchirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming soʼm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda deyiladi xabarda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting