Kreditga “Spark” olib beraman deb aldadi.

196

2019 yil 16 avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 4-son IIB tergov bo’limidan tushgan hujjatlarga ko’ra, shu yil mart oyida Yunusobod tumani 10-dahada yashovchi 41 yoshli B.S., qarindoshi, 64 yoshli M.Yu. ismli ayolning uyida unga imtiyozli kredit asosida foizsiz “Spark” rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, 22 mln. so’m pullarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o’z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. B.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting