Turmush o’rtog’ini pichoq bilan jarohatladi.

241

2019 yilning 13 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shahri “Oqibat” mahallasida yashovchi 34 yoshli U.Yu. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 avgust soat 01.00 larda sobiq pochchasi, 36 yoshli  Sh.P. uyida o’zaro janjal oqibatida birga yashovchi sobiq turmush o’rtog’i, 36 yoshli N.Yu. ismli ayolning turli joylariga pichoq bilan urib jarohat etkazganligini ma’lum qilgan.

Natijada N.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.P. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting