Bojxonachilar 1 dona ov quroli va 2 kg. 200 gr. koʼknori yashirilgan xonadonni aniqlashdi.

1303
Davlat bojxona qoʼmitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qurol-yarogʼ va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.
Божхоначилар 1 дона ов қуроли ва 2 кг. 200 гр. кўкнори яширилган хонадонни аниқлашди

Bojxonachilar 1 dona ov quroli va 2 kg. 200 gr. koʼknori yashirilgan xonadonni aniqlashdi
Toshkent viloyati Yangiyoʼl tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro M.Gʼ.ning yashash xonadoni va yordamchi xoʼjaliklari amaldagi tartiblarga asosan va xolislar ishtirokida koʼzdan kechirildi.

Natijada, xonadonning eski oshxonasida hech qanday hujjatlari boʼlmagan 1 stvolli, 12 kalibrli 1 dona ov quroli yashirilgani aniqlandi.

Shuningdek, koʼzdan kechirish davomida hovlidagi daraxatlarga quritish maqsadida ilib qoʼyilgan hamda traktor gʼildiraklari orasiga yashirib qoʼyilgan koʼknori hashaklari va boshoqlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qoʼyildi.

Ularning umumiy ogʼirligi esa 2 kg. 200 gr.ni tashkil qilar ekan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda deyiladi xabarda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting