Kumushlarni yashirincha olib oʼtishga urinish naf bermadi.

429
Yurtimizga kumushdan yasalgan zargarlik bumlarining yashirincha olib kirilishiga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib bormoqdalar.
Кумушларни яширинча олиб ўтишга уриниш наф бермади

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Malik” chegara punkti xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib oʼtishga uringan shaxs oʼz vaqtida toʼxtatib qolindi.

Xorijiy davlat fuqarosi M.R. qoʼshni mamlakatdan kirib kelar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida bojxona koʼrigidan oʼtkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyasida koʼrsatilmagan va bojxonachilarning ogʼzaki soʼrovida maʼlum qilinmagan umumiy qiymati 43,2 million soʼmlik ogʼirligi 1440,7 grammni tashkil qiluvchi kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda deyiladi xabarda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting