Xorijiy davlatga ishga yuboraman, deb pul olib firibgarlik qildi.

116

2019 yil 18 avgust kuni Samarqand shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko’ra, 2018 yil sentyabr-noyabr oylarida Pastdarg’om tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.T.Samarqand shahridagi Mirzo Ulug’bek ko’chasida fuqaro 35 yoshli G.S. ismli ayolni AQShga ishga yuborishlikni aytib, undan 35800 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o’z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, Sh.T.qo’lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting