Pul o’g’irlagan shaxslar qo’lga olindi.

117

2019 yil 17 avgust kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi 25 yoshli O’.B. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 16 avgust kuni noma’lum shaxs uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, xonasidagi “Petro Agro Oil” MChJga qarashli temir seyf qulfini buzib, ichidan 3530 AQSh dollari va 2 431 000 so’m pulini o’g’irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahri Buyrobofon ko’chasida yashovchi 21 yoshli B.T. va 24 yoshli A.O.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting