Baxtsiz hodisa!

55

2019 yil 19 avgust kuni soat 15:37larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy ko’chasida yashovchi 1979 yilda tug’ilgan Baxromiddin Xotamov “Mersedes-Spirinter” rusumli, TJ 77 85 PB 01 davlat raqam belgili mikroavtobusini Buxoro viloyatining Jondor tumani cho’l massivi hududidan o’tuvchi “G’uzor-Nukus” A-380 yo’lining 368-km.da haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa o’ng tomon g’ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo’l chetiga chiqib ag’darilgan.

Yo’l-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yo’lovchilarga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam ko’rsatilishi tashkil qilindi. Qolgan 8 nafar yo’lovchilar esa hech qanday jarohat olmaganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting