Piyodani urib,qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda.

324

2019 yil 18 avgust kuni soat 15:05 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan o’tuvchi “Toshkent-Termiz” yo’lida haydab ketayotib, Kitob tumanida yashovchi piyoda 34 yoshli U.M. ismli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Natijada U.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu yo’l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko’rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ushbu yo’l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo’lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo’limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so’raymiz.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting