Qotilikka sabab bo’lgan maishiy janajal.

147

ҚОТИЛЛИККА САБАБ БЎЛГАН МАИШИЙ ЖАНЖАЛ

Foto: «prokuratura.uz»

20.08.2019 yil soat 19:30 larda, Olmaliq shahar, Аbdulla Qaxxor koʼchasida yashovchi fuqaro M.А. (1994 y.t.) ukasi А.А. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, oʼzaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichogʼi bilan ukasining boʼyin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda «prokuratura.uz» xabar bermoqda.

А.А. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yoʼlda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.А.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.А. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting