Murod Xonto‘rayevga hujum qilgan «niqoblilar»ga hukm o‘qildi

129

Sportchi Murod Xonto‘rayevning ofisiga bostirib borib, unga sovuq qurol bilan tan jarohati yetkazgan niqobli bosqinchilar qo‘lga olinib, sud qilinayotgani haqida ilgari xabar bergandik.

Bugun mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashev raisligida o‘tgan sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar:

S. Akbarov (1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, oilali, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan) 6 yil 3 oy muddatga;

I. Abdulahatov (1991-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, oilali, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan) 6 yil 3 oy muddatga;

S. Fatxullayev (1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, oilali, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan) 6 yil muddatga;

O. Sadikov (1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, oilali, muqaddam sudlangan) 6 yil muddatga;

J. Saynazarov (1988-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, oilali, muqaddam sudlanmagan) 3 yil muddatga;

S. Vadenov (1992-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, bo‘ydoq, muqaddam sudlangan) 6 yil 3 oy muddatga;

T. Azizov (1992-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, bo‘ydoq, muqaddam sudlangan) 6 yil 3 oy mudddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «ye», «k» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi.

Qayd etib o‘tamiz, yuqoridagi jinoyat 2018-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan «Toshkent savdo markazi» majmuasi binosining birinchi qavatidagi ofisda fuqarolar M. Xonto‘rayev, S. Zunnunov va I. Saidovga nisbatan sodir etilgan.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting