Hind nashasini uy sharoitida yetishtirishning «innovatsion» usuli fosh etildi

226

Uy sharoitida yetishtirilayotgan giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlar tezkor vakillar tomonidan fosh etildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati tomonidan xabar qilindi.

Tezkor profilaktik tadbirlar natijasida Shayxontoxur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 8-avgust kuni, taxminan 22.10 da Baxromning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi. Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi («Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 11 avgust kuni taxminan soat 19.05da jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Toxir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm «marixuana» saqlayotgani aniqlandi. U huquq-tartibot organlari vakillariga topshirildi. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting