12-avgust kungi test natijalari chiqdi

534

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n to‘rtinchi kuni (12-avgust) natijalari e’lon qilindi.

DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar quyidagicha bo‘ldi:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 222,6 ball (170,6 ball test sinovlari natijasi, 52,0 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
  • Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • O‘zbekiston milliy universitetining 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 166,7 ball;

c) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120700 – Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 169,1 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet, ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting