Farg‘ona, Jizzax va Navoiyda test sinovlari yakunlandi

116

Kecha, 13-avgust kuni Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari yakunlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida jami 89 875 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 87 303 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 2 524 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 13 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 35 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Jizzax viloyatida jami 55 942 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 54 545 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 1 338 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 15 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 44 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Navoiy viloyatida jami 39 434 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

  • 38 781 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
  • 637 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;
  • 5 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
  • 11 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning besh viloyatida test sinovlari yakunlangani e’lon qilingandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarida test sinovlari davom etmoqda.

FIKR BILDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting